
Mbappe tomoni “Real” haqidagi xabarga oydinlik kiritdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe atrofidagilar “Real” bilan hamkorlik bo‘yicha hech qanday kelishuv yo‘qligini ma’lum qildi.
- Kilianning kelajagi haqida hech kim bilan hes qanday kelishuv yo‘q. Hech qanaqa muzokara boshlanmagan. Hali Mbappe o‘ylab bir qarorga kelishiga ta’sir qiladigan hech bir voqea sodir bo‘lgani yo‘q, - deb bayonot tarqatdi Kilian Mbappe atrofidagi mutaxassislar.
Yaqinda “Real” frantsiyalik forvard bilan transfer borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
2018 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilayotgan 25 yoshli to‘purarning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi.
Mbappega asosan ikki klub – uni o‘z safida saqlab qolmoqchi bo‘layotgan PSJ va anchadan beri hujumchiga ko‘z tikkan “Real” da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar