Mbappe va PSJ orasi buzildi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Parij klubi bilan shartnomani uzaytirganidan keyin qator muammolarga duch kelmoqda.
23 yoshli futbolchi jamoadoshlarining aksariyati bilan chiqisha olmayotgan edi. Ayniqsa, Neymar bilan yuzaga kelgan ziddiyat hali ham barham topgani yo‘q.
Endi Mbappe PSJ rahbariyati bilan kelisha olmay qoldi. Bu haqda Marca nashri jurnalisti Mario Kortegan xabar berdi.
Mbappe va PSJ o‘rtasidagi munosabat jiddiy tarzda buzilgan. Tez orada batafsil ma’lumot beriladi, - deb yozdi Mario Kortegan.

Fikrlar