Mbappe yuksak dovondan o‘tdi

  • 22.03.2021 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining navbatdagi turida PSJ chempionlik yo‘lidagi asosiy raqobatchilaridan biri hisoblagan “Lion”ni safar uchrashuvida 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘yinda ikkita gol urib, jamoasi g‘alabasini ta’minlagan Kilian Mbappe tarixiy natija qayd etdi. 22 yoshli hujumchi milliy chempionatdagi gollari sonini 100 taga etkazib, bu marrani zabt etgan eng yosh futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.

Mbappe joriy mavsumda ham to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda. U Frantsiya chempionatida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 20 marotaba ishg‘ol qildi va oltita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!