Mbappe yutmoqchi bo‘lgan 2 ta musobaqa nomini aytdi
"Pari Sen-Jermen" klubi forvardi Kilian Mbappe Chempionlar ligasi va Evropa chempionatida g‘olib chiqishga umid qilmoqda.
“Kelasi yil bizda Evropa chempionatida g‘olib chiqish imkoniyati bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Mening maqsadim – Evropa chempioni bo‘lish va Chempionlar ligasida g‘alaba qozona oladigan jamoaning bir qismiga aylanish. Bu o‘zgacha narsa bo‘lar edi”, - deydi Mbappe.
Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli Mbappe 2018 yil Frantsiya terma jamoasi safida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar