Mbappedan gol, Zidandan debut va darvozabon haydaldi: Frantsiya safarda Turkiyani ranjitdi

  • 26.09.2026 07:10
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan Frantsiya terma jamoasi Millatlar ligasidagi yangi mavsumini Turkiyada, safar uchrashuvi bilan boshladi. Eslatib o‘tamiz, «oy yulduzlar» so‘nggi mundialda guruh bosqichidan chiqmadi, katta omadsizlikka uchragan edi.

Frantsiya terma jamoasida Didye Desham davri yakunlandi, jamoani endi Zinedin Zidan boshqarmoqda. U uchun «Kojae’li» stadionidagi bellashuv debut o‘yini bo‘ldi. Turkiya terma jamoasi esa hanuz Vinchenzo Montella qo‘l ostida maydonga tushmoqda.

Turkiyaning hujumlari alohida epizodlar bilan cheklandi, asosan tashabbus «uch ranglilar» qo‘lida edi. Olise o‘ng qanotdan pastdan uzatma berib, Mbappega zarba uchun qulay vaziyat yaratdi, ammo Kilian darvoza yo‘lagini topa olmadi. Barysh Yilmaz mehmonlar jarima maydonida yiqildi, u Lakrua tomonidan qoida buzilganini iddao qildi, ammo hakam penalti tayinlamadi.

Frantsiya birinchi bo‘lim oxirida yana hujumda faollashdi. Olise o‘ng yarim qanotdan oldinga uzatma berdi, Sherki to‘pni aql bilan o‘tkazib yubordi, keyin Dembele unga pastdan uzatma qildi. Sherki zarba berishga bir oz kechikib qoldi va uning zarbasi himoyachilar tomonidan to‘sib qolindi.

Tanaffusdan so‘ng Montella ko‘rsatmalari ta’sirida turklar ikkinchi bo‘limni ancha faol boshladi. Gyuler chap tomondan burchak zarbasini uzatdi, Yuksak bosh bilan xavfli zarba berdi, Menyan esa ajoyib sakrash bilan to‘pni qaytardi. Ortidan esa Frantsiyaning yuqori pressingi ish berdi, ayniqsa Chakir darvozadan to‘p o‘yinga kiritgan paytda.

Maydon egalari futbolchilari ikki marta to‘pni yo‘qotib qo‘yishdi. Olise to‘pni nazorat ostida ushlab qoldi va uni Mbappega uzatdi. Kilian raqib jarima maydonining chap tomonidan yaqin burchakka aniq zarba berib, hisobni ochdi – 0:1.

Uchrashuv oxirida turklar maydonda bir kishi kam qolishdi. VAR takroridan so‘ng darvozabon Chakirga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatildi – u jarima maydoni tashqarisida qo‘l bilan o‘ynagani uchun maydondan chetlatildi. U paytda Barkola u bilan yakkama-yak chiqib boraotgan edi.

Natijada Frantsiya terma jamoasi Zinedin Zidan boshchiligidagi ilk o‘yinida g‘alaba qozondi va Millatlar ligasi A divizioni 1-gurupasida sof ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinda turgan Belgiya terma jamoasining to‘palar nisbati hozircha yaxshiroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!