Mbappega "sirli" jamoa xaridor
Mavsum oxiriga etib borayotgan sari PSJ yulduzi Kilian Mbappe faoliyatidagi eng muhim qarorni qabul qilish onlari hem yaqinlashib kelmoqda. 23 yoshli futbolchi tez orada kelasi mavsumni qayosi jamoada boshlashini aniqlab olishi talab etiladi.
RMC Sport nashrining ma’lum qilishicha, hozir iste’dodli futbolchi oldida faoliyatini davom ettirish uchun uchta yo‘l turibdi.
Birinchi variant sifatida PSJ bilan yangi bitim tuzish e’tirof etilmoqda. “Real” taklifini qabul qilib, Madridga ko‘chib borish ikkinchi yo‘l hisoblanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, nomi sir tutilayotgan uchinchi klub paydo bo‘lgan va bu jamoa xo‘jayinlari Mbappe transferini amalga oshirish uchun qo‘lidan kelgani qilishga, PSJ va “Real”ni raqobatda ortda qoldirishga tayyor.
Mbappe 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. Biroq, u hali faoliyati bo‘yicha bir qarorga kelmaganini bildirdi.

Fikrlar