Mbappega so‘nggi taklif

  • 29.11.2021 12:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AS nashrining xabar berishicha, “Pari Sen-Jermen” rahbariyati jamoa hujumchisi Kilian Mbappeni olib qolish uchun unga so‘nggi taklifini taqdim etdi.

Manbaning bildirishicha, yosh hujumchi parijliklarning katta maosh va’da qilingan kelishuvini qabul qilmadi va jamoadan mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida ketishini ma’lum qildi.

Kilian Mbappe “Real” safiga o‘tmoqchiligi haqida ko‘p xabarlar tarqatilyapti.

“Qirollik klubi” yozgi transferlar oynasi yopilishi arafasida PSJga Mbappe uchun 170 million evro taklif qilgandi. Parijliklar yanvargacha Kilianni qolishga ko‘ndirish ilinjida bu summadan voz kechgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!