
Mbappelarning ovozini o‘chirib qo‘yish kerak!
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibrohimovich PSJdagi hamkasbi Kilian Mbappeni “Real”ga o‘tmasdan Parijda qolganini tanqid qildi.
- Kilian Mbappe bilan shaxsan tanish emasman, lekin u fantastik o‘yinchi. Qachonki sen intizomni yo‘qotsang, o‘zligingdan ham ayrilasan. Zidanni Zidan qilgan sabablar bor. Mbappe unga taqlid qilyaptimi? Birinchi o‘rinda u o‘sishni istashi kerak, erishganlaridan qoniqib bo‘lmaydi.
U Parij uchun to‘g‘ri tanlov qildi, o‘zi uchun emas. U o‘zini klubdan muhimroq ko‘rsatadigan muhit yaratdi. Buning uchun klub unga imkoniyat yaratib berdi. Lekin sen hech qachon klubdan ustun bo‘lolmaysan. Bola katta bo‘lsa, pul topishi oson kechadi.
Bu holatning sababchilari ota-ona, agentlar va murabbiylar. Bu ularning muammosi. Ular ta’sirida o‘zligingni yo‘qotasan. Hozirgi ota-onalar o‘zlarini yulduzdek tutishadi. Ular intervyu ham berishyapti. Ovozingizni o‘chirsangiz bo‘lardi. O‘g‘lingiz mehnat qilishi va intizomga bo‘ysunishi shart, - dedi Zlatan Ibrohimovich Kilianning ota-onasiga qarata.
Fikrlar