Mbappening goli tozamidi? Xakam oydinlik kiritdi

  • 11 oktabr, 2021, 18:44
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik sobiq hakam Bruno Derren Millatlar ligasi finalidagi Frantsiya - Italiya o‘yinida (2:1) Mbappening "qizil furiya" darvozasiga urgan goliga izoh berdi.

Tecno

"2013/2014 yilgi mavsumda yangi qoidalar kuchga kirdi. Mbappening goli toza. Bizga qoidalar yoqmasligi va ular futbolni o‘ldiradi, deyishimiz mumkin, biroq buni o‘zgartira olmaymiz.

Men futbolchi to‘pni o‘zi raqibga etkazib bersa, ofsaydni hisoblagan bo‘lardim. Kechagi holat umuman boshqacha edi. U to‘pni to‘xtatishga harakat qildi, uzatishga emas", - dedi Derren "RMC Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, kecha 22 yoshli frantsuz o‘yinning 80-daqiqasida gol urdi. U o‘yindan tashqari holatda qolib ketganiga qaramay, to‘p ispanlar himoyachisi Erik Garsiyadan kelgani sababli gol inobatga olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
12/10/2021 00:22
Италия эмас Испания деб ёзиш керак эди. Админлар Қизил фурия Испания.