Mbappening "Real"dagi omadsizligi davom etadi
Kilian Mbappe "Real Madrid" safidagi ikki mavsum davomida asosiy musobaqalarda g‘olib chiqa olmadi.
Madridliklar ushbu mavsumda Chempionlar ligasining chorak finalida "Bavariya"ga mag‘lub bo‘ldi. Shuningdek, jamoa Ispaniya kubogi va Superkubogida ham sovrinsiz qoldi.
La Liga 35-turidagi “el-klasiko”da "Barselona"ning g‘alabasidan keyin kataloniyaliklar chempionlikni rasmiy qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Mbappe “Real” safida faqat UEFA Superkubogi va Qit’alararo kubokni yutishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar