
Mbyomo: "Eng nufuzli sovrinlar uchun kurashamiz"
Brayan Mbyomo "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
- "Manchester Yunayted"ga qo‘shilish imkoniyatim borligini bilganimda, bundan foydalanib, bolaligimdan beri libosini kiyishni orzu qilgan klubim bilan shartnoma imzolashim kerakligini angladim.
Mening hayotiy shiorim - har doim kechagidan yaxshiroq bo‘lishga intilish. Bu erda Ruben Amorimdan ta’lim olib, jahon darajasidagi futbolchilar bilan elkama-elka o‘ynab, yangi bosqichga ko‘tarilishga irodam va qat’iyatim etarli ekaniga ishonchim komil.
Hamma menga bu erdagi muhit va kelajakdagi ajoyib rejalarimiz haqida so‘zlab berdi. Bu ulkan klub, uning ajoyib stadioni va mislsiz muxlislari bor. Barchamiz chindan ham eng nufuzli sovrinlar uchun kurashishga bel bog‘laganmiz, - dedi Mbyomo.
Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" "Brentford" hujumchisini 65+6 million funt sterlingga sotib oldi.
Fikrlar