Men bor ekanman, PSJda umuman o‘ynamaysan!

  • 30 avgust, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozda PSJ bosh murabbiyligini Luis Enrike qabul qilib olgan edi. Shundan keyin ayrim o‘yinchilarning ishi yurishmay qoldi.

Tecno

Klub rahbariyati ispaniyalik mutaxassis futbolchilar bilan ochiq gaplashishi va ularga o‘z fikrini o‘tkaza olayotganidan mamnun. Avvalgi murabbiylarning aksariyati tarkibdagi yulduzlarni bo‘ysundira olmay qiynalgandi.

Luis Enrike jamoada 11 yildan beri o‘ynayotgan italiyalik yarim himoyachi Marko Verratti bilan orani ochiq qilib oldi.

Bosh murabbiy tajribali o‘yinchiga jamoani boshqarar ekan, uni umuman o‘ynatmasligini uqtirdi. Bunga sabab qilib, Verrattining hayot tarzi Luis Enrike talablariga javob bermasligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!