"Men Eron farzandiman" - Jahon chempionatiga bora olmayotgan Sardor Azmun yorildi!

  • 21.05.2026 01:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sardor Azmun ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga murojaat qildi va o‘zining Eronga bo‘lgan muhabbati haqida ta’sirli fikrlar bildirdi.

"Men haqimda ayrimlar bilmaydigan yoki noto‘g‘ri tushunchalar sabab menga shoshma-shosharlik bilan baho bergan mavzular haqida yuragimdan chiqqan bir necha gaplarni aytmoqchiman.

Esimda, 17 yoshimda, Karlush Keyrush meni Eron terma jamoasiga chaqirishidan oldin boshqa bir mamlakatdan juda katta moliyaviy taklif olganman. Lekin mening javobim faqat bitta bo‘lgan — men Eron farzandiman va xalqim uchun o‘ynashni, ularni xursand qilishni istayman.

Terma jamoa libosini kiygan kunimda, o‘zimga shunday va’da berganman: har safar Eron uchun maydonga tushsam, bor kuchim bilan harakat qilaman. Chunki futbolni muhabbat bilan kuzatadigan insonlarni, ayniqsa mamlakatning eng chekka shahar va qishloqlarida g‘alabamizdan quvonadigan bolalarni xursand qilishni xohlaganman.

Men har doim o‘z mamlakatim terma jamoasi uchun faxr bilan o‘ynaganman. G‘alaba qozonganimizda o‘zim va jamoadoshlarim bilan faxrlanganman, g‘alaba qozona olmaganimizda esa dunyodagi eng xafa inson bo‘lganman.

Men futbolni yaxshi ko‘raman. Shuningdek, o‘z mamlakatim — Eronning yaxshi va munosib xalqini ham yaxshi ko‘raman. Ular har doim mehri va beqiyos qo‘llab-quvvatlashi bilan menga kuch berib kelgan.

Ko‘pchilik men qila olgan kichik ishlar haqida bilsa kerak. 12 kunlik urush davrida insonlar xavfsizligi uchun Gumbaddagi barcha mehmonxonalarni band qilishdan tortib, Golistonning uzoq qishloqlariga toza ichimlik suvi yetkazish, ayollar voleyboli, basketboli va velosiped sportini qo‘llab-quvvatlashgacha — bularning barchasi mening Eron va eronliklarga bo‘lgan mehrimning kichik bir qismi, xolos. Shu kungacha hamvatanlarimni qo‘llab-quvvatlash uchun hech qanday yordamni ayagan emasman.

Qaerda futbol o‘ynashimdan qat’i nazar, mening shaxsiyatim, qalbim va faxrim — Eron.

Men futbolchiman va futbolni yaxshi ko‘raman. Hayotda erishgan barcha narsalarim avval Allohning marhamati, keyin esa mehnatim, harakatim va aziz xalqimning mehri hamda qo‘llab-quvvatlashi tufayli bo‘lgan. Shu muhabbat sababli xalqimdan doim minnatdorman.

Terma jamoamizga, futbolchilarga, murabbiylar shtabiga va ayniqsa Amirxonga Jahon chempionatida muvaffaqiyat tilayman.

Yigitlar, portlatinglar va Eron xalqining yuzini yorug‘ qilinglar". 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!