
Meni Gvardiola, Klopp va Artetadan kam joyim yo‘q!
“Lids Yunayted”ni qabul qilib olgan Sem Ellardays o‘zining murabbiylik qobiliyatini yuqori baholamoqda.
- Ko‘p odamlar mening qariya ekanimni gapiryapti. To‘g‘ri, yoshim 68da, ko‘rinishim ham yosh emas, lekin murabbiy sifatida Gvardiola, Klopp va Artetadan km joyim yo‘q.
Barcha zaruriy bilimlar va ko‘nikmalar hamon men bilan. Kimdandir zo‘rman, demayman. Lekin saviya jihatidan ular bilan bir xil darajadaman.
Men ba’zan o‘zimni ko‘rsatish uchun imkon bo‘lishini istayman xolos. Asosiy maqsadim – “Lids”ni Premer-ligada olib qolish. Katta klublarga chaqiruv tashlashimiz kerak, - dedi Sem Ellardays.
17-pog‘onada borayotgan “Lids” chempionatning oxirgi to‘rtta uchrashuvida “Manchester Siti”, “Nyukasl, “Vest Xem” va “Tottenxem” kabi kuchli jamoalar bilan to‘qnashadi.
Fikrlar