Men ham Xolandning “sehrli damlamasi”dan ichganman, lekin 50 ta gol urganim yo‘q!

  • 09.05.2023 20:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa to‘purari Erling Xolandning ko‘p gol urayotganiga u yaxshi ko‘radigan sutning hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.

- Xoland o‘zini juda kuchli his qilyapti. Odamlarni buni Erling ko‘p sut ichishiga bog‘layapti. Men ham bu “sehrli damlama”ni ko‘p ichganman. Lekin 50 gol urganim yo‘q.

Men Xolandga havas va taqlid qilatgan bolalarga uning nima ichayotganiga emas, ko‘nikmalarini o‘zlashtirishga harakat qilishni maslahat beraman, - dedi Xosep Gvardiola.

Erling Xoland joriy chempionatda hozircha 35 ta to‘p kiritib, Angliya Premer-ligasida bir mavsumda ko‘p gol urib bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!