Men “Real”da o‘ynashni orzu qilaman!
“Lester”ning markaziy himoyachisi Uesli Fofana kelajakda “Real” safida to‘p tepish niyati borligini yashirmadi.
- Men “Real”dan qiziqish bo‘layotganini eshitdim va bu katta sharaf. “Real” dunyodagi eng katta klublardan biri. Bir kun kelib, “Qirollik klubi”da o‘ynashni orzu qilaman, - dedi Fofana.
Yozgi transferlar vaqtida madridliklar jamoani tark etgan Serxio Ramos va Rafael Varan o‘rniga mahoratli himoyachi qidirgandi. Ular olinadigan futbolchilar ro‘yxatiga Uesli Fofanani ham kiritgan.
Uesli Fofana ayni paytda og‘ir jarohatdan keyin tiklanmoqda.

Fikrlar