Men “Real”ga kerakman!

  • 13 iyul, 2021, 14:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ijara asosida “Arsenal”da yakunlagan Daniel Sebalos “Real” bosh murabbiyi Kardo Anchelottiga jamoaga kerakligini isbotlashga tayyor ekanini ta’kidlamoqda.

Tecno

- Men kelasi mavsum “Real”da o‘ynashni istayman. “Qirollik klubi” bilan shartnoma tuzganimdan hech qachon pushaymon bo‘lmaganman, chunki buni butun dunyo futbolchilari orzu qiladi. “Real” doimo eng kuchli ijrochilarga e’tibor qaratib keladi. Men ham o‘zimni ko‘rsatish uchun imkon berilishini kutyapman va raqobatga tayyorman, - dedi Sebalos.

24 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsumda “Arsenal” tarkibida 40 ta uchrashuvda qatnashib, uchta golda ishtirok etdi.

Sebalos tez orada boshlanadigan Tokio Olimpiadasi ishtirok etadi. Ispaniya terma jamoasi guruh bahslarida Misr, Argentina va Avstraliya futbolchilari bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!