Men “Siti”ga kerakmanmi? Unda muzokaraga marhamat
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Jeremi Doku klub bilan yangi bitim imzolash uchun joriy mavsum yakunlangandan keyin muzokara o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
TEAMtalk nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Dokuning amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyunigacha amal qilsa-da, belgilaylik futbolchi klubdagi uzoq muddatli roliga aniqlik kiritmoqchi.
Doku yangi shartnoma imzolashdan oldin bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning rejalari-da o‘zining muhim o‘rin tutishiga kafolat olmoqchi, chunki “Manchester Siti” hujum chizig‘ida raqobat borgan sari kuchaymoqda.
Jeremi Doku 2023 yilda “Renn” klubidan “Manchester Siti”ga 60 million yevro evaziga o‘tgan.
Joriy mavsumda u “shaharliklar” safida barcha musobaqalarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar