Menga “Siti” ham, “Barsa” ham, “Bavariya” ham kerakmas, boshqa klubga o‘taman!

  • 17 avgust, 2024, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ni tark etishi kutilayotgan Kingsli Komanga transfer oynasi oxirida bir qator yangi va yaxshi variantlar chiqmoqda.

Myunxen superklubi frantsiyalik o‘yinchiga ancha oldin boshqa ish topishni tavsiya qilgan bo‘lsa-da, hujumkor futbolchiga anchaga da’vogar chiqmadi.

Lekin so‘nggi paytda 28 yoshli frantsiyalik o‘yinchiga grand klublar og‘iz solmoqda.

Sky Sport nashrining ma’lum qilishicha, Kingsli Koman “Bavariya”dagi qadrdon ustozi Xans-Dietr Flik va “Manchester Siti”dan bo‘lgan chorlovlarga rad javobini berdi.

Tajribali o‘yinchi yurtiga qaytib, PSJ sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rmoqda. Transfermarkt portali Komanni 50 million evroga baholagan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!