Meni “Barsa”dan haydolmaysizlar!
“Barselona”ning ameriklik himoyachisi Serjino Dest klub talabiga qaramay, Kataloniyani tark etmasligini uqtirdi.
Bosh murabbiyi Xavi Ernandes avvalgi bosh murabbiy Ronald Kuman tanlagan aksariyat futbolchilardan voz kechmoqda. Shu qatorda, Destga ham o‘ziga yangi jamoa topish taklif etildi.
Biroq, iste’dodli himoyachi yangi mavsumda ispaniyalik murabbiyning ishonchini qozona olishiga aminligini ta’kidlayapti. Unga “Manchester Yunayted”dan qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
21 yoshli Dest 2020 yili “Barselona”ga olib kelingan edi. Uning amaldagi shartnomasi yana uch mavsum davom etadi. Futbolchi 18 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar