Meni “Roma”ga olinglar!
Joze Mourinoning jarohatlangan Jorjino Veynaldum o‘rniga maydon markaziga yangi o‘yinchi olishni istayotganidan xabar topgan Raja Nainggolan o‘z xizmatlarini “Roma”ga taklif qildi, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Veynaldum mashg‘ulotlardan birida oyog‘ini sindirib oldi va kamida uch oy maydonga tusha olmaydi.
Nainggolan uchun Rim klubi begona emas. Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi “bo‘rilar” safida besh yil to‘p surgan. O‘sha davrda yarim himoyachi Angliya klublaridan ko‘plab chorlovlar olgan bo‘lsa-da, jamoada qolib poytaxtliklarga sadoqatini namoyon qilgan edi.
Ayni paytda 34 yoshli futbolchi o‘z yurtida “Antverpen” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Joze Mourino bu futbolchining taklifiga rad javobini bergan.

Fikrlar