Merab Dvalishvili "MMA Junkie" talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi jangchisi deb e’lon qilindi

  • 24.12.2025 17:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘ta engil vazn toifasida UFC sobiq chempioi Merab Dvalishvili Amerikaning nufuzli sayti - "MMA Junkie" talqiniga ko‘ra, yilning eng yaxshi jangchisi deb topildi.

"Ha, Merab Dvalishvili oxirgi jangida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, uning so‘nggi 12 oy ichida erishgan yutuqlari bizni hayratda qoldirdi. U kelajakda o‘ta engil vazn toifasida barcha davrlarning eng buyuk jangchisi sifatida tan olinishi ham mumkin", - deyiladi press-relizda.

Ma’lumot uchun, "MMA Junkie" muxbirlari uch nomzod - Merab Dvalishvili, Islom Maxachev va Pyotr Yan uchun o‘zaro ovoz berishdi. Natijada gruziyalik jangchi oltita, Islom beshta, Pyotr esa bitta ovozga ega chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!