Merab Dvalishvilidan engilgan Umar Nurmagomedov Xabibdan qanday gaplar eshitdi?

  • 20.01.2025 18:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Los-Andjelesda bo‘lib o‘tgan "UFC 311" turnirida Umar Nurmagomedov gruziyalik chempion Merab Dvalishvilidan engildi. Shundan so‘ng, UFC shon-shuhrat zali a’zosi Xabib Nurmagomedov Umarga o‘z fikrlarini bildirdi.

“Diqqat, Umar, sen dunyoning eng yaxshilaridan biri ekaningni ko‘rsatding. Biroq hozir to‘xtamasligimiz shart. Xatolarimiz ustida ishlab, yana chempionlik poygasiga qaytishimz zarur” — deb yozdi Xabib ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o‘tamiz, "UFC 311' dagi mag‘lubiyat Umar Nurmagomedov uchun professional faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!