Mersisaydliklar Slot o‘rnida yangi mutaxassis topib qo‘ydi
"Liverpul" rahbariyati jamoaning o‘tgan mavsumdagi natijalarini baholash yakunlariga ko‘ra bosh murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqarish haqida qaror qabul qildi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis o‘rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida "Bornmut"ning sobiq bosh murabbiyi Andoni Iraola ko‘rilmoqda.
Slot 2024 yil iyul oyidan buyon mersisaydliklar jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
O‘tgan mavsumda "Liverpul" Angliya Premier-ligasida 38 o‘yinda 60 ochko to‘plab, 5-o‘rinni egalladi. Chempionlar ligasida esa jamoa 1/4 finalda PSJga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Fikrlar