Messi Asturiya malikasi mukofoti bilan taqdirlandi
Lionel Messi uzoq yillik muvaffaqiyatli faoliyati va xayriya ishlari uchun printsessa Asturiya mukofotiga sazovor bo‘ldi.
«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi futbolchilik faoliyatidagi ulkan yutuqlari va xayriya ishlari uchun Asturiya malikasi mukofotini qo‘lga kiritdi.
Argentinalik futbolchiga mukofotni Ispaniya taxtining vorisi — malika Leonor topshirdi.
Messi 22 oktyabr, payshanba kuni rafiqasi Antonella Rokutszo bilan birga Asturiyaga yetib keldi. Bu «Inter Mayami»ning MLSdagi keyingi uchrashuvi — «Nyu-York Red Bulls»ga qarshi bahsdan uch kun oldin sodir bo‘ldi. Lionelning rafiqasi ham taqdirlash marosimida ishtirok etdi.
Messi joriy mavsumda «Inter Mayami» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Oktyabr oyida argentinalik futbolchi milliy jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.

Izohlar (0)