Messi "Barselona" prezidenti saylovida ishtirok etishga qaror qildi

  • 31.10.2025 16:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning "Barselona" klubi prezidenti saylovlarida ishtirok etish niyatida ekani haqida "ABC" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Messi amaldagi klub rahbari Joan Laportaga qarshi kurash olib borishga qattiq bel bog‘lagan. Saylovlar 15 mart va 15 iyun oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

To‘rt yil avval Messi saylov paytida Laportani ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagandi. Ammo keyinchalik shartnoma uzaytirilmagani sababli ularning munosabatlari buzildi va natijada argentinalik yulduz jamoani tark etib, PSJ safida faoliyatini davom ettirgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Laporta saylovlarni aprel oyida o‘tkazishni xohlamoqda — bu holat mavsum omadsiz yakunlansa ham tanqidlardan qochish imkonini beradi.

Shuningdek, Messi agar g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori bo‘lgan boshqa nomzodni topsa, saylovda shaxsan ishtirok etmasligi ham ehtimol qilinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!