Messi “Barselona”ga qaytmoqchi
Ispaniya OAVlarida bir kun avval Lionel Messining kelajagi haqida materiallar chiqishni boshladi.
Materialda yozilishicha, argentinalik futbolchi "Barselona" prezidentligiga qo‘yiladigan nomzodlaridan birini qo‘llab-quvvatlamoqchi emas. Messi qo‘yilgan nomzodlar bilan uchrashishdan bosh tortgan va uning Joan Laporta bilan ham munosabatlari yaxshi emasligi aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Messi "Inter Mayami" bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagandan so‘ng oilasi bilan Barselonaga qaytib yashamoqchi. O‘shanda futbolchi jonajon klubiga qaytishi mumkin bo‘ladi. 38 yoshli vinger "Barselona" sport menejmenti bo‘lib ish boshlashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik vinger 2023 yildan beri "Inter Mayami" safida harakat qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida Leo 88 ta uchrashuvda maydonga tushib, 77 ta gol kiritdi va 44 ta golli uzatma amalga oshirishga erishdi.
Fikrlar