Messi "Barselona"ni tanqid qildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sardori Lionel Messi La Liga 37-turi "Osasuna"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Mavsumni bunday yakunlashni xohlamagandik, biroq shu bitta o‘yin jamoa butun mavsumda qanday o‘ynaganini ko‘rsatib berdi.

"Barselona" juda kuchsiz va zaif jamoa sifatida gavdalandi. Agar raqib seni "Osasuna"ga o‘xshab mag‘lub etsa, buni shunchaki qabul qilib bo‘lmaydi. Ko‘p ochkolarni boy berdik, natijasi esa mavsum yakuniga ta’sir o‘tkazdi", - deydi Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!