Messi Batistutani ortda qoldirdi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika kubogi guruh bosqichining birinchi turida Chiliga qarshi o‘yinda rekord qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Jang 1: 1 hisobida durang bilan tugadi.
Stats Perform muxbiri Sachi Pisanining xabariga ko‘ra, Messi Argentina terma jamoasi safida rasmiy o‘yinlarda kiritgan gollari sonini 39 taga etkazib oldi. 33 yoshli Leo bu borada afsonaviy Gabriel Batistutani ortda qoldirdi. Uning hisobida 38 ta gol mavjud edi.
Messi faoliyati davomida Argentina terma jamoasi safida jami 145 ta o‘yin o‘tkazib, 73 ta gol urgan.
Argentina hamda Chili terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Messi boshchiligidagi jamoa musobaqadagi keyingi bahsni 19 iyun kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar