Messi: Baxtsiz bo‘lsam-da, jamoada qolishga majburman
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kelajagi borasida bayonot berdi.
Argentinalik forvard Kataloniyada to‘p tepishni davom ettirishini aytib o‘tdi.
"Men o‘zimni baxtli his qilmadim va shuning uchun ketishni xohladim. Buni amalga oshirish uchun yo‘l qo‘yishmadi va sud ishlari boshlanmasidan, jamoada qolishga majburman. Bartomeu boshqaruvidagi "Barselona" falokatga uchradi", - dedi Messi.
Avgust oyining oxirlarida Messi "Barselona"ni tark etib, "Manchester Siti"ga o‘tishni istayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Ammo Kataloniya klubi rahbari futbolchini 700 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishni rad etdi.
Keyinchalik, Xorxe Messi va Bartomeu o‘rtasida kechgan muzokaradan so‘ng, Messi jamoada qolishga qaror qilganligi haqida xabarlar tarqaldi.



Fikrlar