
Messi boshqa chempionatda to‘p sura oladimi?
"Real" va Ispaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Visente Del Boske "Barselona" sardori Lionel Messining Ispaniya chempionatidan ketishi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Messi Ispaniyada qolishini xohlagan bo‘lardim. Uning ketishi bizning futbolimiz uchun zararga ishlaydi. Lekin u istalgan ligada to‘p sura oladi", - deydi Del Boske.
Joriy mavsumda Lionel Messi La Liga bahslari doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 22 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar