
"Messi burnimni sindirding deb, futbolkasini bermagan!"
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Skott Maktominay 2019 yili Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan yuz bergan vaziyatni esga oldi.
- Men uchun jahondagi eng zo‘r futbolchi kim? Albatta, Messi. Bunga yuz foiz ishonchim komil. Menda Messining futbolkasi ham bor.
Chempionlar ligasining chorak finalida Kris Smolling Messiga qarshi o‘ynadi. Vaziyatlardan birida uning tirsagi Leoning yuziga tegdi va Messining burni qonab ketdi. Keyingi bellashuvda Messi buni men qildim, deb o‘ylagan ekan.
Men argentinalik darvozabonimiz Serxio Romerodan Messidan futbolkasini olib berishni iltimos qildim. U oldimga kelib, Messi seni burniga zarba bergan futbolchi deb o‘ylayapti, dedi. Men Romeroga “unga borib ayt, bu men emasdim va uning futbolkasini kollektsiyamga qo‘shmoqchiman”, - degandim. Hozir futbolka menda va Messi nima bo‘lganini tushungan.
Kris Smollingdan esa uzr so‘rayman, lekin Messiga aynan u zarba bergan edi, - deydi Maktominay.
Fikrlar