Messi endi "Barselona"dan ketolmaydimi?
“Barselona” klubi forvardi Lionel Messi bu yoz endi jamoani shunchaki erkin agent sifatida tashlab ketolmaydi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 32 yoshli argentinalik futbolchi va kataloniyaliklar o‘rtasida imzolangan amaldagi shartnomaga ko‘ra, unda 30 may sanasigacha klubni o‘z xohishiga ko‘ra tark etish huquqi mavjud edi.
Messi “Barselona” safida joriy mavsum 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar