
Messi faoliyatidagi yubiley assistini amalga oshirdi
Xabaringiz bor, kecha JCh-2022 yarim finalidan o‘rin olgan bahsda Argentina hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Lusail shahridagi "Lusail Aykonik" stadionida bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilik 3:0 hisobida janubiy amerikaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi unda 2022 yil hisobidan o‘ttizinchi golli uzatmasini amalga oshirdi. U Xulian Alvaresning gol urishiga sababchi bo‘ldi.
Bu golli uzatma "PSJ" etakchisi uchun o‘z faoliyatidagi 350-assist sifatida tarixga kirdi.
Fikrlar