Messi “Inter Mayami”ga “Barsa”dagi vorisini olib kelmoqchi

  • 23 oktabr, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda “Inter Mayami”ning asosiy yulduzi sifatida to‘p tepayotgan Lionel Messi  “Barselona”ni tark etganida klub rahbariyati uning vorisi sifatida Ansu Fatini e’tirof etgan edi.

Tecno

O‘shanda yosh futbolchiga katta umidlar bilan Messi o‘ynagan 10-raqam tortiq qilingan. Faoliyatini juda zo‘r boshlagan Ansu Fati keyinchalik bir necha bor og‘ir jarohatlarga yo‘liqdi.

Hozir hujumkor o‘yinchi “Barsa”ning asosiy tarkibiga ham kirolmayapti. Ma’lumotlarga qaraganda, Messi o‘z vorisini “Inter Mayami”ga chorlayapti.

Argentinalik yulduz 21 yoshli futbolchining iqtidori va salohiyati “Inter Mayami”ni yanada kuchaytira olishiga ishonch bildirmoqda.

“Barselona” rahbariyati Ansu Fatiga suyanmay qo‘yganiga ancha bo‘lgan. Shu bois, kataloniyaliklar o‘yinchi bo‘yicha har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!