Messi keladi! Leoni oladigan klub chiqdi
Argentina terma jamoasi yulduzi Lionel Messining “Inter Mayami” klubi bilan hamkorlik shartnomasi 2025 yilning 31 dekabrigacha davom etadi.
Tomonlar hali kelishuvni yangilash borasida bir qarorga kelgani yo‘q. Bu sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibini qo‘lga kiritmoqchi bo‘layotgan jamoalarga Messini transfer qilishga umid bag‘ishlayapti.
Xuddi “Inter Mayami” singari AQSh mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan “Al-Hilol” prezidenti Fahd bin Navfal vaziyatdan unumli foydalandi.
Saudiya Arabistoni klubi rahbari Leoning otasi Xorxe Messi va uning agentlari bilan uchrashib, futbolchining “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tish masalasini muhokama qilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, shayxlar Messini shu yozning ichida o‘z jamoasiga qo‘shib olishga tayyor. Muzokaralar ijobiy ruhda o‘tgani aytilmoqda.
Fikrlar