Messi kuchli beshlik chempionatlarida tarixiy rekordni qayd etdi
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi kecha La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga (4:1) qarshi o‘yinda dubl muallifiga aylandi.
Shu tariqa Messi joriy mavsum Ispaniya chempionatidagi gollari sonini 22 taga etkazib oldi. ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Leo ketma-ket 13 mavsumdan buyon Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida 20 tadan ko‘p gol urib kelayotgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Messi joriy mavsum “Barselona” safida jami 36 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 27 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar