Messi "Lion"ga qarshi o‘yin qahramoni, Mbappe esa eng yomon ko‘rsatkichga ega futbolchilar qatorida

  • 19 sentabr, 2022, 17:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi hamda Marko Veratti "Lion"ga qarshi uchrashuvda eng yuqori ballga loyiq ko‘rildi. 

Argentinalik futbolchining 5-daqiqada urgan goli PSJga Frantsiya chempioni 8-turidan o‘rin olgan uchrashuvda g‘alaba keltirdi. 

"L’Équipe" nashri 35 yoshli forvarga 8 ball qo‘ydi. Shuningdek, Veratti ham shuncha ballga loyiq ko‘rildi. Bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan Neymar Leo va Markodan 1 ball kam to‘pladi. 

Parijliklar tarkibida eng past baholangan o‘yinchilar Kilian Mbappe, Danilu Pereyra, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma bo‘ldi - 4 ball. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!