
Messi mavsumga tayyormi? Kuman bu savolga javob berdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa sardori Lionel Messi mavsum startiga qanchalik tayyor ekani haqida gapirib o‘tdi.
“U mashg‘ulotlarda ham, uchrashuvlarda ham barchaga namuna hisoblanadi. Leo hech qachon mavsumga tayyor emasligini ko‘rmaganman. U sadoqatini ko‘rsatdi. Men bunga shubha qilmayman”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
“Barselona” La Liganing ilk bahsini ertaga o‘z maydonida “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar