
Messi muxlislarga murojaat qildi
“Barselona” klubi Lionel Messi o‘zining Facebook sahifasida “Real” (3:2) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarga murojaat qildi.
– Biz “Santyago Bernabeu”ga uch ochko uchun borgan edik va chempionlik uchun kurashni davom ettiramiz. “Barselona” oldida buning uchun mashaqqatli yo‘l bor, ammo biz uyga maqsadimiz uchun navbatdagi qadamni tashlaganimizdan xursandmiz, – deb yozadi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi hujumchisi mazkur bahsda dubl qayd etdi. Uning g‘alaba to‘pi o‘yin tugashiga 30 soniya qolganida kiritildi.
Fikrlar