
Messi muxlislarini xursand qildi
PSJ hujumchisi Lionel Messi Parij klubidagi o‘yini o‘tgan mavsumdagiga qaraganda ancha yaxshilanganini aytdi.
- O‘zimni o‘tgan mavsumdagidan ancha yaxshi his qilyapman va shunday bo‘lishini bilardim. Avvalgi yili o‘z o‘yinimni topolmadim. Bu gal unday emas. Hozir klubga, jamoaga, o‘yin uslubiga va futbolchilarga ancha moslashib oldim, - dedi Lionel Messi.
Argentinalik yulduz avvalgi mavsumda PSJ safida 34 ta uchrashuvda 11 ta to‘p kiritgandi. Bu uning faoliyatidagi eng past ko‘rsatkich.
Bu mavsumda esa, Messi o‘n bitta o‘yinda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar