Messi Neymar va Mbappe mojarosiga aralashdi
Xorij ommaviy axborot vositalarining aksariyati PSJ yulduzlari Neymar va Kilian Mbappe o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni kuzatishda davom etmoqda.
Mbappega braziliyalik futbolchining jamoa ichida ta’sir doirasi kengayib borayotgani yoqmayapti.
Neymar esa, murabbiylar shtabi frantsiyalik hujumchini asosiy penaltichi qilib belgilaganidan norozi.
Ikki yulduz o‘rtasidagi ziddiyatni klub rahbariyati hal qila olmadi. Endi ishga Messi aralashdi. Aslida Leo boshqalarga o‘z qarashlari va g‘oyalarini o‘tkazmaslik uchun ichki muhitda aralashmaslikni ma’qul ko‘radi.
Lekin bu gal argentinalik to‘purar o‘zidan yosh bo‘lgan o‘yinchilar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatish uchun ular bilan gaplashib, murosaga keltirishga harakat qilgani aytilmoqda.

Fikrlar