Messi Peledan o‘zib ketdi, oldinda faqat Ronaldu

  • 08.12.2021 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol

“Pari Sen-Jermen” Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Belgiyaning “Bryugge” jamoasi ustidan 4:1 hisobida zafar quchdi. 

Uchrashuvda parijliklarning eng mashhur o‘yinchisi Lionel Messi darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Bu gollar argentinalik yulduz uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

Linel Messi rasmiy uchrashuvlarda gol urish bo‘yicha uch karra jahon chempioni Peledan o‘zib ketdi. Braziliyalik futbol qiroli hisobidagi gollar soni 757 ta ekani qayd etilgan. Dubldan keyin Messining aniq zarbalari soni 758 taga etdi.

Jahonning eng zo‘r to‘purari nomini “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallab turibdi. Portugaliyalik hujumchi hisobida 801 ta aniq zarba bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Anvar Abduazizov
08/12/2021 18:03
Messi Ronaldoga yetamandeb chichib qo‘yadi
&
Бухорий Шариф
08/12/2021 17:44
Месси СR7 дан ўтиши қийин масала. Ҳали бери етаолмайди. Чунки Роналдунинг ҳам тўҳташ нияти йўқ. Криштиану энг зўри барибир. ОТ.ларинг капейка Месси....