Messi professional faoliyatida ikkinchi marta finalda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

  • 01.09.2025 09:08
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi "Inter Mayami"ni Ligalar kubogi finalida "Sietl Saunders"ga qarshi o‘yinda bo‘lgan 0:3 hisobidagi og‘ir mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida hisob ochildi, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa Mayami klubi yana ikki marta to‘p o‘tkazib yubordi. Messi hammadan ko‘p darvozaga zarba berdi, ammo jamoadoshlari singari bironta ham aniq zarbani amalga oshira olmadi.

38 yoshli hujumchi ikkinchi marta finalda yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Bunday holat ilk bor 2007 yilda yuz bergan edi: o‘shanda Argentina terma jamoasi Amerika kubogining hal qiluvchi o‘yinida Braziliyaga xuddi shunday 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. O‘sha paytda Messi endigina 20 yoshga to‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik yulduz 2023 yildan beri "Inter Mayami" jamoasi safida to‘p tepmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!