
Messi qachon maydonga qaytadi?
Argentina terma jamoasi bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lionel Messi biroz muddatga tanaffus olgandi.
"TyC Sports" nashri uning qachon maydonga qaytishini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, Leo Frantsiya chempionati 18-turidan o‘rin olgan "Anje"ga qarshi bellashuvda qatnashadi. Bahs 10-dan 11 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi.
Messi joriy mavsum parijliklar tarkibida 19 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 gol hamda 14 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq, Mbappe va Neymarning qachon tarkibga qaytishi aniq bo‘lgandi.
Fikrlar