
Braziliyalik Ronaldino argentinalik futbol yulduzlarini qanday tarbiyalagan?
2004-2006 yillar davomida “Barselona” tarkibida to‘p surgan argentinalik hujumchi Maksi Lopes braziliyalik super futbolchi Ronaldinoning klubdagi ishlarini gapirib berdi.
- Evropaga yangi kelib, “Barselona” a’zosiga aylanganimda Ronaldino xonamga kelib, eshikni tepardi. Dastlabki oyda jamoaga qo‘shilishim ju qiyin bo‘lgan. Braziliyalik futbol yulduzi meni o‘zi bilan olib yurardi. U Lionel Messiga ham huddi shunday qilgan. U bizga katta yordam bergan. Hozir ham gaplashib turamiz,- deydi Maksi Lopes.
Maksi Lopes faoliyati davomida jami 13 ta klub sharafini himoya qilgan. 36 yoshli forvard ayni paytda “Krotone” jamoasida o‘ynamoqda.
Fikrlar