
Messi Saudiyaga bejizga borgani yo‘q. Unga misli ko‘rilmagan shartnoma tayyorlanmoqda
Lionel Messining PSJ bilan hamkorligi tugagan ko‘rinadi. Aslida argentinalik yulduz avvaldan Parijni tark etmoqchi edi.
Endi Saudiya Arabistoniga beruxsat borgani uchun unga nisbatan intizomiy chora qo‘llanilgani vaziyatni keskinlashtirdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, PSJ jahon chempioni bilan hamkorlikni uzaytirmaydi, hujumchining o‘zi ham muhitni o‘zgartirmoqchi. Messiga Saudiya Arabistonining o‘zidan jiddiy qiziqish chorlov bo‘lyapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Saudiya hukumati futbol tarixida misli ko‘rilmagan shartnoma tayyorlamoqda. Messini “Al-Hilol” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu jamoa Krishtianu Ronalduni o‘ynayotgan “An-Nasr”ning ashaddiy raqibi hisoblanadi.
Fikrlar