
Messidan ilhomlangan futbolchi sobiq jamoasini ayamaydi
“Barselona”ning yangi futbolchilaridan Martin Braytvayt sobiq jamoasi “Leganes” darvozasini ishg‘ol qilsa, golni alohida ishtiyoq bilan nishonlashini yashirmadi.
- Men “Leganes” darvozasiga gol ursam, uni alohida stsenariy bo‘yicha nishonlayman. Ularga qarshi doim faqat g‘alaba uchun o‘ynayman. Menga Messi o‘z maslahatlari bilan yordam beryapti va g‘alabalarga ilhomlantiryapti. Uning o‘zi uchrashuv natijasini o‘zgartirib yuborishga qodir kuchli o‘yinchi, - dedi Martin Braytvayt.
29 yoshli daniyalik futbolchi faoliyati davomida mamlakatidan tashqari, Angliya, Frantsiya va Ispaniya chempionatlarida to‘p surgan.
Fikrlar