TIGGO 2 PRO

Aksariyat futbol ishqibozlari hozirgi va o‘tmishdagi o‘yinchilarni bir-birlariga solishtirishga harakat qilishadi. Agar soat millarini o‘zgartira olganimizda, Maradona va Messi o‘yini qanday tus olar edi?

Rassom Den Leydon ham bugungi kun yulduzlarini mashhur futbolchi kabi emas, balki o‘sha davrda yashagan oddiy inson sifatida o‘tmishda talqin qildi. Natijada, sizga taqdim qilinayotgan quyidagi qiziqarli asarlar paydo bo‘ldi:

Messi Argentina sarguzasht federatsiyasining tadqiqotchisi bo‘lishi mumkin edi.

messi

Endi Kerroll 70 yillar oxirida «Midlsbro»da to‘p suruvchi bahaybat yigitligicha qolaverar edi.

caroll

Emmanuel Adebayor nafis kiyim-kechakka burkangan holda eng tanqis taomlarni tanavul qilib, kunni bekorchilik bilan o‘tkazadigan parijlik aristokrat bo‘lishi mumkin edi.

adebayor

Xarri Keyn, shak-shubhasiz, zoti oliyalarining jasur uchuvchisi bo‘lib, 40-yillarda nemis bombardimonchilarini daxshatga solardi.

xarri

Krishtianu Ronaldu, Madeyra orolining boshqa dengizchilari kabi Magellanning buyuk yutuq va jasoratlari orzusi bilan yashar edi.

ronaldo

Stiven Jerrard – «qizil»larning eng obro‘li muxlislaridan biri. Birinchi jahon urushiga qadar, Liverpul muxlislari harakatini boshqargan. 1918 yilga kelib yoshlarga yo‘l bergan holda, «o‘yin»dan chiqdi.

jerrard

Luis Suares 70 yillarning biror-bir mashhur musiqiy guruhi rahbari bo‘lishida, uning «portlovchi» xarakteri qo‘l kela olishi mumkin edi.

suarez

Ibraning oyoqlarini o‘ynatishga bo‘lgan muhabbati, albatta xitoylik rejissyorlarning e’tiborini to‘rtgan bo‘lib, Jeki Chan yoki Bryus Li ishtirokidagi filmlardan birida suratga tushgan bo‘lardi.

ibra

Totti bilan bog‘liq holat juda oddiy! Franchesko Rim imperiyasining yangi imperatori bo‘lib taxtga chiqar va 476 yilda imperiya qulashining oldini olgan bo‘lardi.

totti

Diego Kosta  80-yillarda o‘tkaziladigan kechalarining qiroli. Uning kundalik hayoti turli xil bazmlar, ko‘ngilxushliklar, baland musiqa, giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va ayollardan iborat. Kostaning Santa Ponsada joylashgan yaxta ishlab chiqaruvchi biznesi unga qiziqarli va ko‘ngilxushliklarga boy hayot kechirishini ta’minlar edi.

kosta

«Uoll-strit bo‘risi» hikoyasini bilasizmi? Unday bo‘lsa, Serxio Ramos chetda asablari tarang holatda sigaret chekib turgan ushbu hikoyaning bosh qahramon Dini eslatib yuboradi. Serxio 80-yillarning eng yaxshi brokeri bo‘lib, har qanday kelishuvga burun suqib foyda olishdan bosh tortmaydi.

ramos

Neymar, Parij, 1772 yil. Ushbu braziliyalik futbolchi dengiz tadqiqotchisi sifatida o‘z maqomini topdi va endilikda kuni bo‘yi dengiz tubiga sho‘ng‘ish bilan mashg‘ul.

neymar

Jon Terri, London, 1965 yil. Sutfurush. Terrining avvalgi rahbarlaridan biri shunday dedi: «Jon bizda ishlagan eng sodiq va maqsadli ishchi edi. Hech qachon ishni qoldirmas va o‘z ixtiyori bilan bo‘sh vaqtlarida ishlash taklifini bildiradigan yagona inson bo‘lgan».

terri

Mesut O‘zil nemis siyosatchisi vazifasini bajarganda ko‘rsatgan jonbozligi sababli nemis kantsleri lavozimiga ko‘tarildi. U davlatni 1913 yildan to 1946 yilgacha boshqargan bo‘lib, uning boshqaruv davri nemis iqtisodiyoti gullab-yashnagan yillari sifatida tarix zarvaraqlariga bitildi.

ozil

1849 yil. Arturo Vidal «qora bozor»dagi raqiblaridan xalos bo‘lish maqsadida tizzasigacha qonga botdi. Federal Qidiruv Byurosi (FQB) uni 15ta shtatda qidirar ekan, bu vaqt mobaynida Arturo Meksika barlarining birida o‘zining «toza» pullarini viski va qizlarga sarflar edi.

vidal

Gollivud bulvari, 1922 yil. Maxsus detektiv sifatida Sadio Mane ko‘p narsani ko‘rgan edi, ehtimol keragidan ko‘p.

sane

1975 yil boksda eslashga arzirli faqat bitta bokschi bor edi – Luka Modrich. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, uning jangdagi eng katta quroli bo‘lmish agressiya uni ringdagi eng shavqatsiz bokschi sifatida tanilishga zamin yaratgan edi. U barcha vazn toifalarida jang qilgan va har doim g‘alaba qozongan.

Luka

Gollivud, 1977 yil. Agar o‘sha vaqtning biror rejissyori jangari janrida kino suratga olmoqchi bo‘lsa, bosh rol Salohdan boshqa aktyorga nasib qilmas edi. Misrlikning tezligi, texnikasi va reaktsiyasi uni kinomatografiyadagi asosiy yulduzga aylantirgan bo‘lar edi.

salah

1890 yil, Brodvey, Nyu-York. Reklama flaeridan olingan jumla: «Haqiqiy mo‘’jizaga guvoh bo‘lish uchun shoshiling! Buyumlarning bir joydan boshqa joyga ko‘chib o‘tishiga ishonasizmi? Hayratlanishga tayyorlaning! Dunyoning eng mahoratli va eng mashhur ko‘zbo‘yamachisi. Yagona va tengi yo‘q, ajabtovur Rikelme!»

rikelme

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sag'indiq Kenjebaev
03/07/2019 20:07
Чўпон бўлади