Messi va Neymarning PSJdagi maoshi aniq. Ular Mbappedan ancha kam oladi!

PSJ hujumchilari Neymar va Lionel Messi parijliklar tarkibida qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi. 

2017 yil "Barselona"dan ko‘chib o‘tgan braziliyalik forvard soliqlarsiz 36 million evrolik shartnomaga imzo qo‘ygan. 2021 yil futbolchi kelishuvni 6 yilga uzaytirdi va maoshini biroz pasayishiga rozi bo‘lgan. 

Messining maoshi soliqlarsiz yiliga 41 million evroni tashkil etadi. Uning amaldagi bitimi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan. Leo maoshining bir qismini kriptavalyuta ko‘rinishida qabul qilib oladi. Qolaversa, uning shartnomasida sodiqligi uchun bonus ham qo‘ishb berish nazarda tutilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kilian Mbappe yiliga PSJ safida 72 million evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgandi. Frantsuz 3 yil  ichida bonuslar bilan hisoblaganda 636 million evro ishlab topadi.  

Mbappe va Neymardan farqli o‘laroq Messi Frantsiya soliq rezidenti hisoblanmaydi. Shu tufali, u jamoadoshlari singari maoshining 49 foizini emas, 30 foizini soliq sifatida beradi. 

 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!